2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

2 ta OTMda Oziq-ovqatni qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha ERASMUS+ grant dasturi Open Food Innovation University (OFINU) loyihasiga start berildi

718
2 ta OTMda Oziq-ovqatni qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha ERASMUS+ grant dasturi Open Food Innovation University (OFINU) loyihasiga start berildi

2024-yilning 1-fevralidan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti bilan Yevropa Ittifoqi  davlatlaridan 2 nafar, Tojikiston davlatidan 3 nafar, O‘zbekistondan 2 nafar OTMlari Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “Open Food Innovation University (Oziq-ovqat innovatsiyalari bo‘yicha ochiq universitet) OFINU” loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad Markaziy Osiyo universitetlarida oziq-ovqatni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishida oʻqitishning kunduzgi taʼlim shaklidagi talabalar bilan birgalikda tashqi talabalar ishtirok etadigan taʼlimning yangi shaklini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Ushbu loyihani amalga oshirishda yangi ta’lim shakli uchun huquqiy asos yaratiladi va mustahkamlanadi. Ta’lim yo‘nalishiga oid yangi o‘quv rejalari hamda modullari ishlab chiqiladi va hamkor OTMlar professor-o‘qituvchilari xorijda stajirovka o‘tashga yuboriladi. Shuningdek o‘qitish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza rivojlantiriladi.
O‘qitishning ushbu shaklida kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talabalar bilan birgalikda tashqi talabalar maʼlum modullarda ishtirok etadilar, oʻquv kurslarini tugatgandan soʻng har bir modul boʻyicha belgilangan kreditlarni to‘playdilar va o‘qish yakunida diplom olishga imkon yaratiladi. Ushbu yondashuv mehnat bozoriga kirib borgan kishilar uchun kelgusida mehnat bozorida raqobatbardoshlikni va bandlik salohiyatni yanada oshirish imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirishda beshta oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va bitta tadbirkorlik uyushmasi muhim vazifalarni bajaradi. Ular yangi fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonlarida ishtirok etadi. Shuningdek, tajriba sinov tariqasida hamkorlarga loyihaga o‘z xodimlarini jalb qilish imkoniyatlari yaratiladi.

Shu o‘rinda loyihaning birinchi uchrashuvi joriy yilning 8-fevral kuni onlayn o‘tkazildi. Uchrashuvni Latviya hayot fanlari va texnologiyalari universitetidan bosh kordinator Irina Kulitane olib bordi. Uchrashuv davomida loyihaning ishchi paketlarini amalga oshirishning aniq muddatlari belgilandi hamda har bir ishchi paketda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar taqsimoti kelishib olindi.

Loyiha hamkor tashkilotlari:

  • Latviya hayot fanlari va texnologiyalar universiteti, Latviya
  • Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston
  • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, O‘zbekiston
  • Tojikiston texnologiya universiteti ,Tojikiston
  • Kulob texnologiya va innovatsiyalarni boshqarish instituti, Tojikiston
  • Tojikiston texnologiya universiteti Isfara filiali ,Tojikiston
  • Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti, Slovakiya

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz